Olmaotada BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi uchun Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy bayonoti muhokama qilinmoqda
24.
07. 2023
15:45
2119
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari 24-iyul kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (BMT IO‘DK) ishtirokchilari konferensiyasining 28-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy bayonotini tayyorlash bo‘yicha mamlakat vakillarining uchrashuvida ishtirok etmoqda.



Tadbirda BMT IO‘DK 28-tomonlar konferensiyasiga (COP 28) tayyorgarlikning asosiy tendensiyalari va global jarayonlari bilan tanishish, shuningdek, COP 28'da Markaziy Osiyo davlatlarining yagona pavilonini birgalikda tayyorlash va tashkil etish bo'yicha mamlakatlar pozitsiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilinmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari mintaqaning iqlim oʻzgarishiga zaifligini va mintaqa davlatlarining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishni taʼminlashda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash niyatini qayd etdi.

Ta'kidlash joizki, Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy bayonoti taqdimoti mintaqa muammolarini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va uning oqibatlariga moslashish bo‘yicha muloqotni mustahkamlashda mintaqa davlatlarining birligini jahon hamjamiyatiga namoyish etadi. Qolaversa, Parij kelishuvi maqsadlariga erishish, mintaqa mamlakatlariga iqlim bo‘yicha moliya va investitsiyalarni jalb qiladi.

Фойдали манбалар