“Surxon” daryosining muhofaza zonasini o’zlashtirib olganlar 6 million 600 ming so’m miqdorida javobgarlikka tortildi
21.
07. 2023
13:04
2073
Янгиликлар

Ekologiya vazirligi Termiz tuman bo’limi davlat inspektorlari tomonidan reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd davomida Termiz tumani “Qoraxon” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Surxon” daryosining muhofaza hududida fuqarolar CH.N. hamda X.B.  tabiiy tiklanish choralarini ko’rmasdan turib, qishloq xo’jaligi ekinlari ekayotganligi, bu esa daryoning muhofaza zonasi yemirilishiga olb kelayotganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-moddasi 2-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Huquqbuzarlarning har biriga 3 million 300 ming so’mdan, jami 6 million 600 ming so’m ma’muriy jarima qo’llanildi.

Фойдали манбалар