“Surxon” davlat qo‘riqxonasida morxo'r kameraga muhrland
21.
07. 2023
11:07
1832
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasida morxo'r naslli echkilari kameraga muhrlandi.

Morxo'r Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan va yoʻqolib ketish xavfi ostida. Oʻzbekistonda "Ko'hitang", "Boysuntog'", "Bobotogʻ" tizmalarida tarqalgan. Mamlakatimizdan tashqari, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonda ham uchraydi.

1950-1970 yillarda morxo'rning populyatsiyasi keskin kamaydi, biroq "Surxon" qo'riqxonasida olib borilgan chora-tadbirlar tufayli turlarning kamayishini barqarorlashtirishga erishildi.  Hozirgacha qo‘riqxonadagi morxo'r echkilari soni 600 boshdan oshdi.

Фойдали манбалар