Ekologiya vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo’riqxonasida Surxondaryo favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari hamkorligida “Dolzarb 30 kun” doirasida yong’in xavfsizligi bo’yicha o’quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida qo’riqxona hududlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, muhofaza zonasida tamaki mahsulotlarini chekmaslik, uchqun chiqadigan xatti-harakatlar sodir etmaslik bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, hozirgi kunda sodir bo‘layotgan yong‘inlar va ularning ayanchli oqibatlari ta’kidlab o’tildi.
Bundan tashqari, yuzaga keladigan yong'inni barataf etish yuzasidan yong’in-taktik o’quv mashg’uloti ham o’tkazildi. Mashg’ulotlarda qo’riqxonaning davlat inspektorlari ham ishtirok etishdi.
Mashg'ulot davomida mutaxassislar tomonidan yong’in sodir bo’lganida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish, holatni qanday bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.