“Saygachiy” majmuasi qo‘riqxonasiga yangi fotoqopqonlar topshirildi
11.
07. 2023
09:21
2641
Янгиликлар

10-iyul kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi binosida Sayg‘oqni asrash va “Saygachiy” kompleks (landshaft) qo‘riqxonasi vakillarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

44 million so‘mlik yangi jihozlar, jumladan, fotoqopqonlar, xotira kartalari va xizmat avtomashinalari uchun aksessuarlar sovg‘a qilindi.

Xayriya tadbiri Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti huzuridagi Sayg‘oqni muhofaza qilish alyansi tomonidan "Brakonerlikka qarshi kurash" dasturi doirasida o'tkazildi. Ushbu aksiya sayg'oq va hayvonot dunyosining boshqa vakillarini kuzatish samaradorligini oshirish, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash bo'yicha mahalliy aholi bilan ekologik ma'rifiy ishlar olib borishga qaratilgan.

Ma'lumot uchun, sayg‘oqni muhofaza qilish alyansi yo'qolib ketish xavfi ostida turgan sayg'oqni yashash joylarida saqlash va ko'paytirishga yordam beradigan xalqaro xayriya tashkilotidir. Alyans Qozogʻiston, Xitoy, Moʻgʻuliston, Rossiya va Oʻzbekistonda saygʻoqni Markaziy Osiyo va Kaspiy choʻllarining asosiy turi sifatidagi o'rnini tiklash boʻyicha xalqaro miqyosda ish olib boradi.

Фойдали манбалар