Gʻalla maydonidagi yongʻin natijasida tabiatga jami 118 082 896 soʻm miqdorida zarar yetkazilgan
22.
06. 2023
15:13
3049
Янгиликлар

Gʻalla maydonidagi yongʻin natijasida tabiatga jami 118 082 896 soʻm miqdorida zarar yetkazilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Chinoz tumanida gʻalladan boʻshagan yer maydonlarida somonpoya qoldiqlari yoqilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya vazirligi hamda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi mas’ullari tomonidan holat voqea joyiga chiqib oʻrganildi.

Oʻrganish  davomida Chinoz tumani, “Tillatopgan” MFY hududidan oʻtuvchi M-39 avtomagistral yoʻl boʻyida joylashgan “CHINOZ TOYCHIYEV SARDOR DALASI” fermer xoʻjaligiga qarashli gʻalladan boʻshagan yer maydonida 11,6 gektar somonpoya qoldiqlari yoqilganligi aniqlandi. Natijada dala chegara qismiga qator qilib ekilgan 20 tup tut daraxti oʻsishdan toʻxtamaslik darajasida shikastlanganligi,11 tup tut daraxti esa oʻsishdan toʻxtash darasida kesilgani ma’lum boʻldi. 

Fermer xoʻjaligi rahbari A.Y. voqea joyida haqiqatan ham fermer xoʻjaligiga qarashli gʻalladan boʻshagan yer maydonida somonpoya qoldiqlari yoqilganligi yuzasidan yozma ravishda tushuntirish berdi.

“Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash va ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha NIZOM”ga asosan yongʻin natijasida tuproqdagi gumus va azot yoʻqotilgan, bu bilan tuproq unumdorligiga 24 692 896 (yigirma toʻrt million olti yuz toʻqson ikki ming sakkiz yuz toʻqson olti) soʻm miqdorida zarar yetkazilgan. 

Qolaversa,  Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarori 4-ilovasiga asosan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 73 590 000 (yetmish uch million besh yuz toʻqson ming) soʻmni tashkil etdi. 

Umumiy olganda gʻalladan boʻshagan maydonni yoqish va daraxtlarni kesish natijasida tabiatga jami 118 082 896 (bir yuz oʻn sakkiz million sakson ikki ming sakkiz yuz toʻqson olti) soʻm miqdorida zarar keltirilgan. 

Oʻrganish ishlari davomida toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun tuman prokuraturasiga topshirildi.

Ma'lumot uchun, avvalroq Ekologiya vazirligi tomonidan g'alladan bo'shagan maydonlarda yong'in sodir bo'lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida tavsiyalar berilgandi (https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3292).

Unutmang! Tabiatga yetkazilgan har qanday zararga qonunda belgilangan tartibda qat’iy chora koʻriladi.

Фойдали манбалар