OАV, bloger va jamoatchilik faollari diqqatiga!
13.
06. 2023
16:58
1976
Янгиликлар

Sizlarni 15-iyun kuni soat 17:00 da Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Qipchoq koʼchasidagi 14-metro bekati hududida tashkil qilinadigan jamoatchilik eshituvida qatnashishga taklif qilamiz. 

Oʼzbekiston Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan Toshkent shahrida yer usti metrosining qurilish ishlari ketmoqda. Hozirda Sergeli va Yangihayot tumanlari hududidagi yer usti halqa metro liniyasining qurilish ishlari davom etmoqda.

Mazkur qurilishni loyihalashtirishda uning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish, qurilish jarayonida daraxt va butalarning kesilmasligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Loyihani amalga oshirish jarayonida yer usti metro qurilish hududlari ostiga bir necha daraxt tushgani aniqlandi. Qurilish ostiga tushgan daraxtlarni saqlab qolish va qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa joyga koʼchirib oʼtkazish maqsadida “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ kapital qurilish direksiyasi tomonidan belgilangan tartibda, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligining Toshkent shahar boshqarmasiga Iicenses.gov.uz elektron portali orqali murojaat qilingan.

Mazkur loyiha ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlganligi sababli yer usti metro liniyasi qurilishi ostiga tushgan daraxtlarni boshqa joyga koʼchirib oʼtkazish ishlariga befarq boʼlmagan keng jamoatchilik, ekofaollar, jurnalist va blogerlarni metroning 14-bekati hududida tashkil qilinadigan jamoatchilik eshituvida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Roʼyxatdan oʼtish uchun +998990104804 raqamiga murojaat qiling.
Tadbirda ishtirok etish istagida bo'lgan OAV vakillari  +99890 520 24 25 raqamiga murojaat qilishi mumkin.

Фойдали манбалар