Daraxtlarni kesganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi 
03.
06. 2023
16:32
3469
Янгиликлар

Oʻzbekistonda daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qoʻyilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga oshiriladi. 

Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini  transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida shu haqida  ma’lum qilindi. 

Shuningdek, hujjatga ko’ra, kesilgan daraxt o‘rniga kompensatsiyaviy daraxt ko‘chatlari ekish majburiyati belgilanadi. Bunda qoʻshimcha ravishda yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha boʻlgan miqdorda jarimalar qoʻllaniladi.

Фойдали манбалар