Xalqaro biologik xilma-xillik kuniga bag‘ishlab bolalar o‘rtasida "Bioxilma-xillik ekspressi" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
23.
05. 2023
14:56
1816
Янгиликлар

Tabiat resurslari vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Global ekologiya jamg'armasi, “Zamin” fondi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil qilingan tadbirda 110 nafar ekofaol yoshlar (90 nafari 15-17 yoshdagi maktab o‘quvchilari)o‘rtasida ekologik bilimlar tanlovi tashkil etildi. 

 

Tadbirda ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda bellashishdi. Musobaqa taqdimot va savol-javoblar tarzida o‘tkazildi.

Tadbir davomida, shuningdek, yosh ekofaollar hamda mutaxassislar o‘rtasida tabiat, ekologiyani muhofaza qilish borasida o’zaro suhbat o‘tkazildi. Unda Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan bugungi ekologik vaziyat, tabiat resurslaridan unumli foydalanish va boshda muhim mavzularda suhbatlashdi.

“Bugun yoshlarimizning tabiatga befarq emasligi quvonarli, albatta, – dedi vazir. – Kelajak avlodga o‘zimizdan yashil dunyoni qoldirishimiz kerak. Bu esa birinchi navbatda siz yoshlarning ekologik mas’uliyatingiz, bilimingiz va jonkuyarligingizga bog‘liq. Bugungi tadbirda yoshlarimizning ekologik madaniyati o‘sib borayotganiga yana bir marta amin bo‘ldim”.

Ta'kidlash joizki, tadbirda ishtirok etgan BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska ham o‘quvchilarning ekologik bilimlari va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qayg‘urishlarini alohida e’tirof etdi. Matilda xonim yoshlarga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir so‘nggida tanlov g‘oliblariga va har bir ishtirokchiga sovg‘alar topshirildi.

Фойдали манбалар