Tabiat resurslari vazirligi delegatsiyasi Dushanbedagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
17.
05. 2023
10:38
3764
Янгиликлар

Tojikistonning Dushanbe shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro tadbirda Tabiat resurslari vazirligi tomonidan Vazir kotibiyati rahbari Qadamboy Saitov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.



Konferensiya Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi, Tojikiston Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, PROGREEN hamda “Markaziy Osiyo uchun suv va energetika dasturi” (CAWEP) bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va taraqqiyot” mavzusidagi yalpi majlisda onlayn tarzda ma’ruza qildi.

Shuningdek, Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya agentligi direktor o‘rinbosari Ibratjon Karimov “Iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha milliy siyosat, strategiya va dasturlar” panel sessiyasida qatnashib, Parij bitimi bo‘yicha mamlakat majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi. Bundan tashqari, u “Markaziy Osiyoda iqlim shaffofligi, hisobot berish va tekshirish” mavzusidagi parallel sessiyada ma'ruza qildi.

Ta'kidlash joizki, ushbu konferensiya Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan mintaqaviy koʻp tomonlama muloqot maydoniga aylandi.

Konferensiya 17-mayga qadar davom etadi.

Фойдали манбалар