Daraxtlarni kasalliklardan asrash masalasi muhokama qilindi
11.
05. 2023
08:58
1742
Янгиликлар

Surxondaryo viloyatida daraxtlarni har xil zararkunandalar hamda biologik omillardan himoya qilishga doir seminar-trening o‘tkazildi. 

Ko‘rgazmali seminar-trening Tabiat resurslari vazirligi hamda "Zamin" Xalqaro jamoat fondi tomonidan tashkil etildi. 

Tadbirda ekologlar, Obodonlashtirish boshqarmasi, O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari, bog‘bonlar hamda o‘rmonchilik sohasi mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Seminar-treningda “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, ekilgan daraxtlarni parvarishlash, har xil zararkunandalardan himoya qilish borasida olib borilayotgan  ishlar tahlil qilindi.   

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan har bir hudud iqlimiga mos daraxt va buta ko‘chatlari turlarini tanlash, ekish, to‘g‘ri parvarishlash, kasalliklardan himoya qilish yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi.

Maʼlumot uchun, shu kunga qadar Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 21,5 gektar maydonda “yashil bogʻlar” va 40,8 gektar maydonda “yashil jamoat xiyobonlari” yaratilgan. Shuningdek, oʻtgan kuzgi mavsumda vohada 16 million tupdan ortiq mevali va manzarali koʻchatlar ekilgan.

Фойдали манбалар