Ugom-Chotqol tabiat bog’ida rassomlar tomonidan betakror tasviriy asarlar yaratilmoqda
08.
05. 2023
16:53
2156
Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Ranglarda aks etgan ona tabiat’’ ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingandi. 



Ayni damda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog’ida 15 nafar professional rassom o’z ishini boshlagan. Ijodkorlar soʼlim tabiat qoʼynida ijod qilib, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ining betakror manzaralari aks etgan tasviriy asarlar yaratishmoqda. Ular uchun Bo’stonliq tumanida joylashgan “Xumson” dam olish maskanida barcha sharoitlar yaratilgan. 

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog’i  574,600 gektar maydonni tashkil etadi. Bog’da 1787 o’simlik turi bo’lib, shundan 66 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Shu bilan birga, bog’da  230 ta hayvonot turi mavjud bo’lib, 45 turi Xalqaro Qizil kitobdan joy olgan.

Ta'kidlash joizki, “Ranglarda aks etgan ona tabiat’’ ijodiy ishlar tanlovining (https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tabiat-resurslari-vazirligi-va-Ozbekiston-Badiiy-akademiyasi-Vatanimiz-mustaqilligining-32-yilligiga-bag-04-08) g‘olib va sovrindorlari 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni arafasida e’lon qilinadi. (https://telegra.ph/Ranglarda-aks-etgan-ona-tabiat-mavzusidagi-plenerni-tashkil-etish-va-otkazish-togrisida-04-08)

Фойдали манбалар