“Yashil zamin” loyihasi doirasida obodonlashtirish sohasi xodimlarining bilim va malakasini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
04.
05. 2023
01:51
1827
Янгиликлар

2023-yil 3-may kuni Toshkent viloyatida “Yashil zamin” loyihasi doirasida “Zamin” xalqaro jamoat fondi Tabiiy resurslar vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi agentligi hamkorligida “Yashil zamin” loyihasini amalga oshirish doirasida O‘rmon xo‘jaligi xodimlari hamda Toshkent viloyati shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining bilim va malakasini oshirish maqsadida seminar o‘tkazdi.

Tadbirda Tabiat resurslari vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, “Yashash hudud” davlat unitar korxonasi, Toshkent viloyati hokimligi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari, shuningdek, tegishli korxonalar va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Seminarda mutaxassislar obodonlashtirish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish, tomchilatib sug‘orishdan foydalanish, daraxtlarni diagnostika qilish, ekish usullari, daraxtlarni xavfsiz kesish texnologiyasi, ularni muhofaza qilish, zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ta'kidlash joizki, bu kabi seminarlar O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘tkaziladi.

Фойдали манбалар