Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy chiqindi tashlash bilan bog'liq navbatdagi holat aniqlandi.
Ma'lum bo'lishicha, 27-aprel kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida fuqaro B.K. o'z boshqaruvidagi, raqami berkitilgan avtomobilda belgilanmagan hududga chiqindi tashlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan 990000 so'm miqdorida jarima belgilandi. Huquqbuzar chiqindini olib chiqib, belgilangan tartibda jarima to‘ladi.
Unutmang! Atrof-muhit tozaligi uchun har birimiz mas'ulmiz.
Video: https://youtu.be/G_sXaPrz1vk