2023-yil 18-aprel kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vazirlik va idoralari rahbarlarining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Hindiston raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov O‘zbekistondan onlayn tarzda ishtirok etdi.
Uchrashuv ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining chiqishlari bilan boshlandi. Onlayn uchrashuvda ShHTga aʼzo davlatlarning 2022-2024-yillarga moʻljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari J. Kazbekov ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida atrof-muhit monitoringi, bioxilma-xillik, tabiiy hududlarni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish va salohiyatni oshirish sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari qoʻshma kommyunike imzoladilar (kommunike - davlatning rasmiy hujjati boʻlib, u odatda mamlakat hayotidagi muhim voqealar toʻgʻrisida rasmiy hisobotni ifodalaydi).
Keyingi yig‘ilish 2024-yilda Qozog‘iston Respublikasi raisligida o‘tkaziladi.
- Янгиликлар
- Вазирлик ҳақида
- Ҳуқуқий фаолият асослари
- Вазирлик функциялари ва вазифалари
- Вазирлик тарихи
- Раҳбарият
- Вазирлик таркиби
- Тендерлар
- Ёшлар сиёсати
- Бўш иш ўринлари
- Фаолият кўрсаткичлари
- Жамоатчилик кенгаши
- Вазирлик Ҳайъат йиғилиши
- Халқаро алоқалар
- Электрон ҳукумат
- Маънавият ва маърифат
- Коррупцияга қарши курашиш
- Green University
- Фаолият
- Ҳужжатлар
- Очиқ маълумотлар
- Ахборот хизмати
- Хизматлар
- Алоқалар
- COP14
Фойдали манбалар