Namanganda 62-Xalqaro gullar festivali o‘tkaziladi
18.
04. 2023
11:11
4351
Янгиликлар

21-maydan Namangan shahrida 62-Xalqaro gullar festivali oyligi boshlanadi.

Festivalda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan gul ishqibozlari va mehmonlar tashrifi kutilmoqda.

Tadbir Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻi hamda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan oʻziga xos tematik bogʻ – “Afsonalar vodiysi”da bo‘lib o‘tadi. 



Festivalni turfa gullar bilan bezatilgan avtokarvonlar paradi ochib beradi. Shuningdek, bir oy davom etadigan festival doirasida xalqaro modalar haftaligi, folklor guruhlarining chiqishlari, hunarmandlar koʻrgazmasi, lazer, dron, illyuziya va talant shoulari, xalqaro etnosport, (https://t.me/namtourism) nazm va navo hamda askiya kechalari, 80–90-yillarning retro qoʻshiqlaridan oʻrin olgan dasturlar, gastronomik festival, bolajonlarimiz uchun sirk tomoshalari, (https://t.me/namtourism) attraksion hamda boshqa koʻngilochar oʻyinlar namoyish qilinadi.

Festival 21-iyunga qadar davom etadi.

Barchangizni Namanganga, gullar bayramiga taklif qilamiz.

 

Фойдали манбалар