Qashqadaryo viloyati tabiat resurslari boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
11.
04. 2023
14:48
2423
Янгиликлар

Yazdanov Bobir Jobirovich Qashqadaryo viloyati tabiat resurslari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq tanlovda g‘olib bo’lib, 2023-yilning 7-aprelidan ushbu lavozimga tayinlandi.

Bobir Yazdanov 1972-yilda Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanida tug‘ilgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Nishon tumani Kengashida oʻqituvchi sifatida boshlagan. Keyinchalik turli yillarda “Vatanparvar” tashkiloti Qashqadaryo viloyati Kengashi qoshidagi texnik va amaliy sport turlari markazi direktori, “Vatanparvar” tashkiloti Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi,  Qashqadaryo viloyati hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Фойдали манбалар