Tabiat resurslari vazirligining “Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi” DUK direktori tayinlandi
06.
04. 2023
12:23
3511
Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining “Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi” DUK direktori lavozimiga Ashurov Otabek Anvarovich tayinlandi. 

Tayinlov Tabiat resurslari vazirining tegishli buyrug'iga ko'ra amalga oshirildi.

Qayd etish lozimki, Otabek Ashurov bunga qadar O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi axborot xizmati rahbari lavozimida ishlagan. 

Otabek Ashurov 1984-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini, 2017-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Фойдали манбалар