Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov Shvetsariyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi
07.
03. 2023
19:12
2391
Янгиликлар

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi  hamkorlikni  rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, suv resurslarini boshqarish va ekotizimlarni tiklash borasidagi amaldagi ishlar va ushbu yo'nalishda investitsion salohiyatni yanada oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Shu bilan birga "yashil" iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o'tish, chiqindilarni boshqarish, havo ifloslanishining oldini olish, xalqaro ekologik standartlarni belgilash, raqamlashtirish tizimini keng joriy qilish, ekologik ta’limni rivojlantirish, xodimlar va mutaxassilar salohiyatini oshirish, bu borada Shvetsariya tajribasini o'rganish va mexanizmlarini ishlab chiqib, amaliyotda qo'llash muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlar Zarafshon daryosi suv resurslarining iqlimga bardoshliligini oshirish va kompleks boshqarish yo'nalishi bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Shuningdek, uchrashuvda joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (COP-14) tadbirini hamkorlikda o‘tkazish bo'yicha ham fikr almashildi.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Фойдали манбалар