Buxoro shahrida yana bir yashil hudud barpo etilmoqda
06.
03. 2023
15:31
2281
Янгиликлар

Buxoro shahridagi sobiq To’qimachi dehqon bozori o’rnida qurilishi rejalashtiralayotgan ushbu Istirohat bog’i uchun 1,7 gektar yer ajratilgan boʻlib, bu yerda daraxtli xiyobon, butazor va tabiiy oʻtloqli maydon, veloyoʻlak va piyodalar yoʻlakchasi, sport maydoni barpo etilshi, zarur infratuzilma yaratilishi rejalashtirilgan. 

 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ushbu istirohat bog'i hududida manzarali ko’chat ekish aksiyasi o'tkazildi.

Shu munosbat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi,  tashkilot va idoralari mutasaddilari, yoshlar, jamoatchilik vakillari, O’rmon xo’jaligi xodimlari ishtirok etdi.

 Aksiya davomida 300 tupdan ortiq manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi.

Bahorgi ko’chat ekish mavsumida viloyatda 9 mln 668 ming dan ortiq manzarali hamda mevali daraxt ko’chatlari ekish rejalashtirilgan.

Hozirda viloyat bo’ylab daraxt ekish ishlari qizg’in davom etmoqda. 

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Фойдали манбалар