Xitoyning Szilin universitetining bir guruh paleoantropologlari tomonidan O‘zbekistondagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bolaning tashqi ko‘rinishi namoyish etildi.
18.
01. 2023
16:09
2913
Янгиликлар

Olimlarning ushbu izlanishlari birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanish imkoniyatini yaratdi.

Maʼlumot uchun aytadigan bo‘lsak, taxminan 300-ming - 40 ming yil oldin yashagan 8−9 yoshli neandertal bolaga tegishli bo‘lgan toshga aylangan bosh suyagi 1938-yilda topilgan. 

Tarixchilarning fikriga ko‘ra, ushbu bosh suyak Osiyoda topilgan birinchi neandertal qoldig‘i hisoblanadi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, 2021-yilda arxeologlar tomonidan Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasining Xatak bo‘limi, Bog‘li dara massivida mil.avv. 100-40 ming yillikka oid neandertal odam makoni topilgan edi. 2022-yilning iyun oyida bu yerda olib borilgan qazishma davomida kirish juda qiyin bo‘lgan g‘orda tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga 100-60 ming yil oldin yashagan neandertal odami hayotining to‘liq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq o‘choq qoldiqlari) saqlanib qolganligi aniqlandi. 

G‘orning fan uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Surxondaryo viloyatining nafaqat tog‘li Boysun tumani, balki Sherobod tumani ham ilk insonlar makoni sifatida o‘z isbotini topdi.

Mutaxassislarning fikricha, yangi rekonstruksiya nafaqat Yevrosiyo mintaqasidagi qadimgi odamlarning tashqi qiyofasini aniq ko‘rsatibgina qolmay, balki Markaziy Osiyodagi neandertallarning morfologik xususiyatlarini hamda ularning atrof-muhitga moslashuvini chuqur o‘rganish va namoyish qilish uchun yangi g‘oyalar beradi.

Yurtimizda muhofaza etiladigan hududlar o‘z bag‘rida olis tarixning mana shunday kechmishlari va yashirin sirlarini saqlab kelayotgani bilan ham g‘oyat ahamiyatli sanaladi.

Фойдали манбалар