Chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketish muhim masala
14.
01. 2023
20:30
2029
Янгиликлар

Shu kunlarda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoitida ham aholidan toʻplangan chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketish va hududlar tozaligini saqlash dolzarb masala sanaladi. Aytish lozim, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan ayni shu jihat eʼtiborga olinib, bu borada tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Jumladan, “Toza hudud” DUK va sanitar tozalash korxonalarining barcha imkoniyatlari safarbar etilib, belgilangan tartibda qator chora-tadbirlar amalga oshirilayapdi.

Bugun Tabiat resurslari vaziri oʻrinbosari N. Oblomuradov boshchiligidagi vazirlik ishchi guruhi tomonidan poytaxtimizda chiqindilarning olib chiqilishi bilan bogʻliq holat ham oʻrganildi. 

Ishchi guruh “Maxsustrans” DUKning Yunusobod tumanida joylashgan korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Korxona faoliyati bilan tanishuv davomida texnikalarni yoqilgʻi bilan taʼminlashni yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalardan chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketilishini tashkil etish kabi masalalar atroflicha muhokama etilib, tegishli masʼullarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Фойдали манбалар