Taqdirlash marosimi oʼtkazildi
06.
01. 2023
15:18
2990
Янгиликлар

Tabiat resurslari vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi hamda Global Ekologik Jamgʼarmasi hamkorligida “Oʼzbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish salohiyati boʼlmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali GXFUni butunlay isteʼmoldan chiqarish” to'g'risidagi qoʼshma loyihasi amalga oshirildi.

Shu munosabat bilan bugun  ushbu loyiha doirasida  “Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʼxtatish va sovutish, havoni konditsionerlash sohasida yashil texnologiyalarni tadbiq etish” mavzusida amalga oshirilgan oʼquv seminarida faol ishtirok etgan va muvaffaqiyatli tugatgan texnik xodimlarni taqdirlash marosimi oʼtkazildi.

Taqdirlashda Vazirlikning Аtmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'i, loyiha rahbarlari hamda Toshkent shahar boshqarmasi mas'ullari  ishtirokchilarni erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab,  sertifikatlar topshirishdi.

Фойдали манбалар