Davlat ekologiya qoʼmitasi tomonidan tizimidagi boshqarma va korxonalarning sinov laboratoriyalarida bosqichma-bosqich aktuallashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-sonli “Sinov laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʼgʼrisidagi nizom” hamdategishli davlat standarti talablari asosida yoʼlga qoʼyilgan.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi sinov laboratoriyasiga "Maʼqullash toʼgʼrisida guvohnoma"ning berilishi bu boradagi saʼy-harakatlarning amaliy bir natijasi boʼldi.