Ilmiy darajalar beruvchi kengash tuzildi
20.
01. 2023
17:59
5041
Новости

Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Аtrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot institutida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi – PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli ixtisosligini beruvchi ilmiy kengash faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va bu boradagi ilmiy ishlarni yangi bosqichda rivojlantirish mazkur kengashning asosiy maqsad va vazifasi hisoblanadi.

Endilikda mazkur kengash tomonidan 03.00.10 - “Ekologiya” ixtisosligi (texnika fanlari), 11.00.05 - “Аtrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” ixtisosligi (texnika fanlari) boʼyicha ilmiy darajalar himoyasi oʼtkaziladi.

Bugun Tabiat resurslari vazirligida boʼlib oʼtgan yigʼilishda mamlakatimizda ilm-fanni yanada rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor haqida soʼz yuritilib, ushbu ilmiy kengash faoliyatining yoʼlga qoʼyilishi ekologiya va atrof-muhit yoʼnalishidagi ilmiy tadqiqotlarni sifat va koʼlam jihatidan ravnaq toptirishda katta ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Yigʼilishda kengash faoliyatini samarali tarzda yoʼlga qoʼyish, ilmiy salohiyat va yondoshuvni jalb etish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama etilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Yigʼilishda Tabiat resurslari vaziri oʼrinbosari N. Oblomuradov ishtirok etdi.

 

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Полезные ресурсы