Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, 40000 gektar maydonga ega ushbu qo‘riqxona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-131-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, Tomdi tumani hududidagi Qizilqum cho‘lining janubiy qismidagi o‘ziga xos tabiiy majmua va ob’ektlarni, hududdagi ekotizimni, shu bilan birga yo‘qolib ketish havfi ostida bo‘lgan noyob hayvonlar va qushlarni hamda o‘simlik turlarini, u yerlardagi landshaftlarni muhofazaga oladi.
Ushbu davlat qo‘riqxonasi shuningdek, cho‘llanishning ortib borishi, havoning qum va chang zarralari bilan ifloslanishi, iqlimning keskin o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillarning oldi olinishiga ham sharoit yaratadi.
Mazkur hududda O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan umurtqali hayvonlardan Qizilqum qo‘yi, jayron, Turkman qoraqulog‘i, yo‘rg‘a tuvaloq kabi 30 turdan ortiq hayvon uchraydi. Shu jumladan, Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan umurtqali hayvonlardan 14 tur uchrashi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar mavjud.
Ushbu hududda O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan binafsharang astragal, Oqtog‘ chalovi, sarxush bozulbang, Oqtog‘ moviyguli kabi noyob 10 dan ortiq turdagi o‘simliklar uchrashi qayd etilgan.
O‘rganish davomida ekologiya mutaxassislari tomonidan “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi xaritasida ko‘rsatilgan maydon hududi ko‘zdan kechirilib, hududda qilinadigan ishlar yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan kelishib olindi.
Kelgusida o‘rganish ishlari davom ettiriladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati
- Новости
- О министерстве
- Правовые основы деятельности
- Задачи и функции министерства
- История министерства
- Руководство
- Структура министерства
- Тендеры
- Молодежная политика
- Вакансии
- Показатели деятельности
- Общественный совет
- Коллегия министерства
- Международное сотрудничество
- Электронное правительство
- Духовность и просветительство
- Противодействие коррупции
- Green University
- Деятельность
- Документы
- Открытые данные
- Информационная служба
- Услуги
- Контакты
- COP14
Полезные ресурсы