Aziz ustozlar!
01.
10. 2020
09:17
5164
News

Aziz ustozlar!

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bilan samimiy tabriklaydi!

Ushbu qutlug‘ ayyom kunlari ko‘z oldimizga beminnat saboq bergan mehribon o‘qituvchilarimiz, ish jarayonida kasb mahoratini egallashdi va hayot maktabini o‘tashdi, g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan ustozlarimiz siymosi keladi.

Sohamizning ravnaqi, uni rivojlantirish, kasb yangi g‘oyalar va texnologiyalar joriy etish, nufuzini oshirish yo‘lida o‘ta mas’uliyatli vazifalarni uddalashimizda Siz aziz ustozlar va hamkasblarning xizmatini yuksak baholaymiz.

Ustozlik maqomi – oliy saodat va yuqori martabadir. Shu sababdan saboq bergan, hayotda o‘z o‘rnimizni topishimizda xizmat qilgan, Sizdek aziz ustozlarimiz oldida qo‘limiz ko‘ksimizda ta’zim qilamiz.

O‘z burchiga sodiq, sharafli va mas’uliyatli kasbda xizmat qilayotgan aziz ustozlarga kuch-quvvat, ijodiy barkamollik, sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga tinchlik xotirjamlik va fayzu-baraka tilab qolamiz!


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi rahbariyati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Useful resources