Qoraqalpog‘iston Respublikasi: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
24.
08. 2020
17:44
5036
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida 2020 yil 24 avgust kuni Mo‘ynoq tumanidagi «MOYNAQ TEKSTIL» korxonasida bo‘lib, u yerdagi tozalash inshootlari faoliyati bilan tanishdi.

So‘ng «Mo‘ynoq akva sanoat» davlat unitar korxonasida bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, mazkur tashkilot Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, «Jaltirbas», «Sudoche» va «Ribache» tabiiy suv havzalarining baliq mahsuldorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishga, aholini yuqori sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashga doir vazifalarni hal etishga kompleks yondashish, shuningdek yuqorida qayd etilgan tabiiy suv havzalarini baliq chavoqlari bilan ta’minlashni samarali tashkil etish maqsadida tashkil etilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Huddi shu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya yangi binosiga hamda «Toza hudud» DUK filial binolarga tashrif buyurdi. Faoliyati samaradorligini oshirish, huquqbuzarliklarga chek qo‘yish va ular profilaktikasi bo‘yicha vazifalarni belgiladi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources