Toshkent shahar atmosfera havosining ifloslanish darajasi va uning umumiy holati to‘g‘risida
16.
07. 2020
16:37
5862
Econadzor

Toshkent shahri hududidagi atmosfera havosining safat darajasi «O‘zgidromet»ning jami 13 ta doimiy kuzatuv postlari orqali tahlil qilib boriladi. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi organlar (Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari) postlarning ma’lumotlariga tayangan holda, o‘zining funktsional faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Shu kungacha, Gidrometeorologik kuzatuv tahlillariga ko‘ra, atmosfera havosida zararli moddalarning o‘rnatilgan me’yorlardan keskin oshib ketish holatlari bir necha kun davomida deyarli bir xildagi ko‘rsatkich bilan saqlanib turish holatlari kuzatilmagan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 6-11 iyul kunlari bunday holatlar «O‘zgidromet»ning Toshkent shahrida joylashgan 14-, 18-, 23- va 26-raqam ostidagi postlarida kuzatilgan.

Mazkur postlarning joylashgan nuqtalariga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, 14-, 18- va 26-son postlar aksariyat avtomobil harakati serqatnov bo‘lgan yo‘llar yoqalariga yaqin hududlarda joylashganligini va 23-son post oqim katta bo‘ladigan avtomobil yo‘li bilan birgalikda Sergeli tumanining janubiy sanoat hududida joylashganligini kuzatish mumkin.

Agar ifloslanish holati yuqori kelgan moddalarning kelib chiqishiga e’tibor qaratilsa, uglerod oksidi va azot oksidlari aksariyat hollarda, bular avtotransport vositalarining ishlatilgan gazlarida hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi moddalar sirasiga mansub hisoblanadi.

Aynan ifloslanish holatini yuqori ko‘rsatgan postlar avtomobillar ko‘p jamlanadigan chorrahalarda joylashganligini kuzatish mumkin. Avtomobillar chorraxalarda svetovorning qizil chirog‘i ostida uzoq vaqt dvigatellini uchirmasdan turishi oqibatida, ularning ishlatilgan gazlaridan hosil bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalar o‘sha hududda akkummulyatsiyalanishiga sabab bo‘lib, havoning o‘rnatilgan me’yorlardan ortiq miqdorda ifloslanishiga olib keladi. Bu holat esa, bevosita postlardagi maxsus qurilmalardan olingan tahlil namunalarida aks etadi.

Eslatib o‘tiladi: O‘zbekiston hududidagi avtoyo‘llarda yo‘l uzatmalari, shuningdek ko‘priklar barpo etilib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida ham bunday ko‘priklar bunyod etilishi kuzatilmoqda. Ko‘priklarningvazifasi esa, avtotransport vositalarini harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish bilan bir qatorda, atmosfera havosida ifloslanishni kamaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, postlar tomonidan, O‘zbekiston sharoitiga xos bo‘lgan «chang» bilan ifloslanish holati kuzatilgan. Ob-havoning issiq va quruq kelganligi “chang” moddasini hosil qiladi. Yo‘l yoqalarida tuproq, qum va boshqalarning mayda zarralari “chang” ko‘rinishida shakllanadi va avtotransport vositalarining harakati oqibatida atmosfera havosiga ko‘tarilishi va ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Bunday holatlarga yo‘llar yoki ko‘chalarda chang bostirish (suv yoki boshqa xil zararsiz moddalar sepish) ishlarini amalga oshirish orqali shahar yoki aholi gavjum hududlarda yozgi mavsum davomida barham berish mumkin.

E’tibor qaratilsa, avvallari har kuni erta bilan bunday harakatlar bajarilgan va kun davomida nisbatan sof havo hukumronligi ta’minlangan edi. Hozirda, markaziy ko‘chalar yoki asosiy yo‘llarda bu ishlar bajarilmoqda xolos.



 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, avtotransport vositalarining harakati oqibatida atmosfera havosiga chang moddalarining atmosfera havosiga ko‘tarilishi va ifloslanishiga bartaraf etish hamda kelgusida, bu kabi holatlarning qayta takrorlanishining oldini olish maqsadida, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga tegishli ko‘rsatma berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources