Xorazm viloyati. Ekologik reyd tafsiloti: noqonuniy saksovul kesuvchilar jarimaga tortildi
14.
01. 2020
14:05
116
News

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektorlari tomonidan 2020 yil yanvar oyida o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbiri davomida fuqaro T. Ruziboev  Xorazm viloyati davlat zaxira yerlaridan 4 m.kub tabiiy holda o‘suvchi saksovulni noqonuniy kesganlik, shuningdek,  fuqaro A.Sadullaev esa 8 m.kub tabiiy holda o‘suvchi saksovul daraxtlarini noqonuniy kesganlik holatlari aniklanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 79 - modda qismi bilan fuqarolarning har biri 1.115.000 so‘mdan jarimaga tortildi. 

Birinchi holatda tabiatga yetkazilgan zarar 1.248.800 so‘m, ikkinchi holatda 2.497.600 so‘m miqdorini tashkil etdi.



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 

Useful resources