Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > SO‘NGGI 25 YIL ICHIDA YER YOVVOYI TABIATNING 10 FOIZINI YO‘QOTDI

SO‘NGGI 25 YIL ICHIDA YER YOVVOYI TABIATNING 10 FOIZINI YO‘QOTDI

Yovvoyi tabiatning qariyb o‘n foizi so‘nggi 25 yil davomida insoniyat tomonidan yo‘q qilindi, quruqlikning bor-yo‘g‘i 23 foizida esa tabiatning kichik bo‘lsa-da, inson qo‘li tegmagan bo‘laklari mavjud. 

Avstraliyaning Kvinslend universiteti xodimi Jeyms Uotson va uning hamkasblari o‘tgan asrning 90-yillaridan buyon Yovvoyi hayvonlarni asrash jamiyati (WCS) tomonidan yangilanmagan, inson qo‘li tegmagan tabiat burchaklari xaritasini tuzgach, shunday xulosaga keldi.

WCS va Uotson guruhi terminologiyasidagi “yovvoyi tabiat zonalari” inson qo‘li tegmagan hamda o‘z bio- va ekoxilma-xilligini saqlab qolgan tabiiy landshaftlar va ekotizimlardan iborat katta hududlarni bildiradi. U yerda insonning yo‘q bo‘lishi shart emas, ammo ularning tabiat hayotiga aralashuvi minimal darajada bo‘lishi kerak.

WCSning avvalgi hisob-kitob­lariga ko‘ra, 1990-yillar boshida Yerdagi quruqliklar umumiy yuzasining 33 foizi shunday hududlar bilan qoplangan edi. Uotsonning guruhi to‘plagan yangi ma’lumotlar esa o‘tgan 20-25 yil ichida yovvoyi tabiat hududining juda katta qismi – butun quruqlikning 9,6 foizi yo‘qotilganini ko‘rsatdi. Bu Avstraliyaning yarmi yoki AQSHning uchdan bir qismiga teng maydondir.

Ushbu talafotlarning deyarli barchasi ikkita qit’a – Janubiy Amerika va Afrika hissasiga to‘g‘ri keldi, bunga o‘rmon daraxtlarining kesilishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining keskin kenga­yishi va aholi sonining jadal sur’atlarda oshishi sabab bo‘ldi.

Ammo Yerdagi insonlar aralashuvidan qonun orqali himoyalangan ko‘plab hududlar bugungi kungacha ham qo‘l urilmagan holda qolgani olimlarga umid bag‘ishlamoqda.

 

Sarvinoz HOSHIMOVA


2017-08-10

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika