Intellektual mulk qonun himoyasida
20.
06. 2024
12:55
3571
Новости

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961-yil 26-oktyabr) Oʻzbekistonning qoʻshilishi haqida”gi qonun intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilgʻor, xalqaro standartlarini joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Zero, mazkur Konvensiya ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ahdlashayotgan davlatlarda ularga oʻz huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini taqdim etish yoʻli bilan himoya qilishga qaratilgan.

Maʼlumot uchun aytish oʻrinliki, qonunda quyidagi shartlar mavjudligi qayd etilgan:

Oʻzbekiston faqat eshittirish tashkilotining shtab-kvartirasi boshqa ahdlashuvchi davlatda joylashgan boʻlsa va uzatish xuddi shu davlatda joylashgan uzatuvchi yordamida amalga oshirilgan taqdirda efirga uzatishni taʼminlaydi;

Oʻzbekiston tayyorlovchisi boshqa ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxsi hisoblanmaydigan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qoʻllamaydi.

Konvensiyaga qoʻshilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilgʻor xalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek Oʻzbekiston obroʻsining oshishiga koʻmaklashadi.

Полезные ресурсы