Ekologiya nazoratchiligiga nomzodlar roʻyxati shakllantirilmoqda
17.
01. 2024
17:10
2456
Новости

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  PF–81-son Farmoniga asosan “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy etildi. 

Ekologiya nazoratchisi faoliyati atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, ularni aniqlash hamda tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini hamda jamoatchilik asosida ekologik nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Ekologiya nazoratchiligiga nomzodlar vakolatli organlar tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda shakllantiriladi. Nomzodlar (Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan, aqlan zaif boʻlmagan va 18 yoshga toʻlgan ekologiya nazoratchisi boʻlish istagini bildirgan jimoniy shaxs) ekologiya nazoratchi maqomini olish uchun maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari lozim. 

Nomzodlar maxsus tayyorgarlikdan oʻtish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga ariza yoki vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti orqali onlayn shaklda elektron ariza (elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan one - ID, Face - ID) bilan murojaat qiladi. Arizaga fuqaroning biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi va 3x4 sm oʻlchamdagi fotosurat ilova qilinadi.

Nomzodlarning arizalari tegishliligi boʻyicha boʻlinmalar tomonidan oʻn ish kunida koʻrib chiqiladi va uning natijalari toʻgʻrisida koʻrib chiqish muddati tamom boʻlgandan soʻng bir ish kuni davomida yozma yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali xabardor qilinadi.

Ekologiya nazoratchiligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilib oʻqitiladi hamda Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi guvohnomalari topshiriladi.

Murojaat uchun telefon: 71 207 07 70  (ichki: 7781, 7778, 7788)

Полезные ресурсы