Tinchlik va xotirjamlik — oliy neʼmat
02.
03. 2023
20:11
3433
Духовность и просвещение

Yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik oliy neʼmat. Milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʻrganish, shu asosda yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Tabiat resurslari vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ham ayni shu jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

Tabiat resurslari vazirligi va vazirlik huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi hamda Gidrometeorologiya xizmati agentliklari rahbar va xodimlari ishtirok etgan tadbirda davlat va din munosabatlari, islom dinining asl mohiyati, radikal, ekstremistik gʻoyalar toʻriga ilinishning ayanchli oqibatlari, “jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish gʻoyasining ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy targ’bot ishlarini yanada kuchaytirish, tinchlikning qadriga yetish, asl milliy va diniy qadriyatlarni eʼzozlash hamda ulardan jamiyat taraqqiyoti, yoshlar tarbiyasi yoʻlida oqilona foydalanish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida “Tinchlik qadri” filmi namoyish etildi.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Полезные ресурсы