Istiqbolli loyihalarni amaliyotga tadbiq etish muhokama etildi
22.
02. 2023
16:01
2313
Новости

Shu kunlarda  O'zbekiston va Finlyandiya o'rtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyasining 5-yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur yig'ilish doirasida Tabiat resurslari vazirligida Finlyandiya atrof-muhit vazirligi vakili M.Porvari va “Kaukointernational” kompaniyasi bosh direktori N.Airola bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning turli sohalarida, xususan, bioxilmaxillik, iqlim o'zgarishi, chiqindilarni boshqarish, “yashil” iqtisodiyot va boshqa yo'nalishlardagi hamkorlikning hozirgi holati va uni kengaytirish istiqbollari haqida muzokaralar olib borildi.

Shu bilan birga, Finlyandiya atrof-muhit vazirligi vakili bilan  ikki davlat idoralari oʻrtasidagi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik bo'yicha memorandum loyihasi ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida o'zaro samarali hamkorlik koʻlamini kengaytirish, soha boʻyicha istiqbolli loyihalarni amaliyotga tadbiq etishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Tabiat resurslari vaziri o'rinbosari N.Oblomuradov ishtirok etdi.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Полезные ресурсы