Andijon shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi
14.
02. 2023
18:50
1995
Духовность и просвещение

Bugun Andijon shahrida shoh va sarkarda, benazir shoir, jahon ilm-fani hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qoʻshgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ushbu maʼnaviy-adabiy tadbirda Tabiat resurslari vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi jamoasi ham qatnashib, buyuk bobomizga hurmat ifodasi sifatida  haykali poyiga guldastalar qoʻyishdi.

Tadbirda Bobur adabiy merosi haqida so'z yuritilib, ijodidan namunalar o'qildi.

Tabiat resurslari vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Полезные ресурсы