Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning submintaqaviy koordinatori Viorel Gutsu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
14.
02. 2023
18:38
2772
Новости

Uchrashuvda Tabiat resurslari vazirligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda olib borilayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalar va kelgusida amalga oshiriladigan rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida "yashil" iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish, shu bilan birga, ekologik ta’lim va madaniyatni joriy etish, xodimlar va mutaxassislar salohiyatini oshirish, bu borada xorijiy tajribani qo‘llash muhimligi qayd etildi.

FAO tashkiloti tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishda qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyor ekanligi bildirildi.

Uchrashuv davomida joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining (CMS) 14-Tomonlar konferensiyasi (COP-14)ni hamkorlikda yuqori saviyada o‘tkazishga kelishib olindi.

Tabiat resusrlari vazirligi matbuot xizmati

Полезные ресурсы