Beqiyos ma’naviy xazina
13.
02. 2023
18:43
2900
Духовность и просвещение

Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 582 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.

Bugun Tabiat resurslari vazirligida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi mir Alisher Navoiy hamda o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, professor Nurboy Jabborov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Maʼmura Zohidova ishtirok etdi.

Gibrid formatda tashkil etilgan ushbu adabiy-ma’rifiy tadbirda Tabiat resurslari vazirligi boshqarmalari, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari qatnashdi.

Ta’kidlanganidek, mana oradan besh asrdan ortiq vaqt oʻtibdiki, ulugʻ mutafakkir bobolarimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda.

 Tadbir so‘nggida o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalarining ijodidan namunalar o‘qildi.

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

 

Полезные ресурсы