Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida  biotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda
19.
01. 2023
11:33
2671
Новости

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi o‘tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda ajoyib tabiat manzarasi, hayvonot va o‘simlik olami bilan ajralib turadi. Ko‘lda sazan, oqqayroq, zog‘orabaliq, laqqa baliq, leshsimon mayda baliq sudak kabi turdagi baliqlar talaygina.

Shuningdek, suvda suzuvchi qush turlari ham ko‘p. Kamyoblaridan pushti pelikanlarni, oqqush, baliqchi o‘rdak, oq qo‘ton va boshqalarni uchratish mumkin. Ko‘l hududidagi o‘simlik va hayvonot olami Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan muhofaza etiladi. 

Ayni kunlardagi sovuq ob-havo ko‘l hududidagi hayvonot olamiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ko‘lning yuza qatlamining muzlab qolishi, o‘t-o‘simliklarning qalin qor qatlami ostida qolishi natijasida hayvonlarning suv va ozuqa topishi qiyinlashgani kuzatildi. Shu sababli qishning sovuq kunlarida hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida inspektorlar tomonidan biotexnik tadbirlar tashkil etildi.

Biotexnik tadbirlar davomida  don, omuxta yem hamda dag‘al xashaklar hayvonlar va qushlar oziqlanishi uchun qulay bo‘lgan joylarga tashlab chiqildi.

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Полезные ресурсы