2022-yilda atmosferaga umumiy tashlanmalar miqdori 2,057 mln tonnani tashkil qilib, shundan, 1,296 mln tonnasi (63,0 foiz) transport vositalari hamda 762,4 ming tonnasi (37,0 foiz) sanoat va ishlab chiqarish korxonalari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
16.
01. 2023
15:30
3221
Новости

140 ta ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida jami 
670 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini taʼmirlash va yangilariga almashtirish ishlari amalga oshirildi. Natijada, atmosfera havosiga 2,6 ming tonna tashlamalarning tashlanishi oldi olindi.

Ikki bosqichli “Toza havo” tadbiri davomida 295 582 ta avtotransport vositalari ekologik nazoratdan oʻtkazilib, 8041 ta yoki 2,7 foizida ifloslantiruvchi moddalari miqdori meʼyorlardan yuqoriligi aniqlangan. Koʻrilgan choralar evaziga jami 257,3 tonna ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga chiqarilishi oldi olingan.

Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha 245 ta korxonalarda 486 ta chora-tadbirlarning bajarilishi evaziga atmosfera havosiga 18,0 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar tashlanishining oldi olindi.

Полезные ресурсы