Bugun Tabiat resurslari vazirligida sanitar-tozalash korxonalari masʼullari va soha mutaxassislari ishtirokida oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.
12.
01. 2023
18:41
2573
Новости

Seminarda mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (2022-yil 30-dekabrda tasdiqlangan OʻRQ-812-son)ga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Ushbu oʻquv seminarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari va “Toza hudud”,  “Maxsustrans” DUK hamda sohada faoliyat yurituvchi xususiy sektor korxonalari rahbarlari (DXSH, klaster va muqobil korxonalar hamda chiqindilarni qayta ishlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar) ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Полезные ресурсы