Diqqat, eʼlon! 
22.
09. 2022
18:34
2970
Тендер

Davlat ekologiya qoʼmitasi “Geoaxborot maʼlumotlar bazasida "Navoiyuran" davlat korxonasi, "O'zbekneftgaz" АJ, "Navoiy kon metallurgiya kombinati" АJ, “Oʼzkimyosanoat” АJ, “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJ, “Oʼzavtosanoat” АJ tasarrufida boʼlgan sanoat chiqindilarini koʼmish va utilizatsiya qilish joylariga tegishli maydonli fazoviy qatlam yaratish” loyihasi boʼyicha tanlov eʼlon qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi Davlat kadastrlari yagona tizimining talablariga muvofiq, sanoat chiqindilarini koʼmish va utilizatsiya qilish joylarining aniq chegara hududlarini va sanitariya-himoya mintaqalarini belgilash va yagona maʼlumotlar bazasini yaratish hisoblanadi.

Tanlovda talabgorlar jami 39 ta (maydoni 6,0 ming ga) sanoat chiqindilarini koʼmish va utilizatsiya qilish joylari uchun ajratilgan yer maydonlarining konturlariga (perimetri) tegishli geografik koordinatalarini aniqlash hamda ularning sanitariya-muhofaza mintaqalarini belgilash asosida, geografik axborot tizimida sanoat chiqindilarini koʼmish joylariga tegishli maʼlumotlar bazasini yaratish yuzasidan tijorat taklifini taqdim etishlari talab etiladi.

Maʼlumot uchun: Sanoat poligonlari Qoraqalpogʼiston Respublikasi 
(3 ta), Navoiy (21 ta), Samarqand (3 ta), Qashqadaryo (5 ta), Jizzax (2 ta), Xorazm (1 ta), Fargʼona (1 ta), Sirdaryo (1 ta), Аndijon (2 ta) viloyatlari hududida joylashgan.

Tijorat takliflariga asosan loyihani amalga oshirish boʼyicha texnik topshiriq ishlab chiqilib, Oʼzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida tanlov savdolari boʼyicha eʼlon beriladi. 

Аriza muddati: 23-28.09.2022 yil

Murojaat uchun telefon: +998 94 603-89-53

Полезные ресурсы