«Do‘stlik» bog‘i: daraxtlarni da’volash muolajalari o‘tkazildi
03.
09. 2020
16:15
7403
News

Daraxtlarni saqlash hamda ularni muhofaza qilish poytaxtimiz ahlining ko‘p qismi uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tez-tez takrorlanib turayotgan noqonuniy daraxt kesilish holatlari fuqarolarni tashvishga solmoqda. Ayrim holatlarda kasallangan daraxtlarni sanitar kesish zarur, ammo u asoslangan bo‘lishi kerak. Bunda daraxtlarning holati va kasallanish darajasini aniqlash muhim hisoblanadi.

Olimlar fikriga ko‘ra, poytaxtimizdagi bargli va igna bargli daraxtlarning ko‘p qismi unsimon qurt (muchnistыy chervets - Pseudococcidae) va shahar mo‘ylovdori (gorodskoy usach - Aeolesthes sarta) va boshqa zararkunandalar bilan kasallangan. Unsimon qurt igna bargli, shahar mo‘ylovdori esa bargli daraxtlarni zararlaydi.

2020 yil 29 avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov Toshkent davlat agrar universiteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi akademik ham professorlari bilan uchrashib, mamlakatimizdagi kasallangan daraxtlarni da’volash bo‘yicha hamkorlik loyihasini taqdim etdilar. Uchrashuv yakuni bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi poytaxt bog‘laridagi daraxtlarni da’volash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishga kelishib oldilar.

2020 yil 3 sentyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi akademik va professorlari Toshkent shahridagi «Do‘stlik bog‘i» da tajriba tariqasida zararlangan daraxtlarda yuqori haroratga chidamli trixogramma turini (trixogramma – bu o‘simliklarni biologik himoya qilish vositasi hisoblanadi) ko‘paytirish maqsadida ularni maxsus apparatda dron yordamida sepish tadbirini o‘tkazdilar.

«Do‘stlik bog‘i: daraxtlarni da’volash muolajalari o‘tkazildi

«Do‘stlik bog‘i: daraxtlarni da’volash muolajalari o‘tkazildi

«Do‘stlik bog‘i: daraxtlarni da’volash muolajalari o‘tkazildi

«Do‘stlik bog‘i: daraxtlarni da’volash muolajalari o‘tkazildi

Eslatib o‘tish joizki, 2020 yil 21 avgust kuni Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi dendrolog, entomolog mutaxassislari hamda Zoologiya instituti, O‘rmon xo‘jaligi instituti, O‘simliklarni muhofaza qilish ilmiy tadqiqot institutlari, Toshkent davlat agrar universiteti yetakchi olimlari ishtirokida «Do‘stlik bog‘i»da (sobiq «Bobur bog‘i») o‘rmon patologik tekshiruvini o‘tkazgan edilar. Tekshiruv natijasi bo‘yicha mazkur hududdagi daraxtlarning 20 foizga yaqini 80-100 foizga kasallanganligi aniqlangan edi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources