Qashqadaryoda inspektorlar xizmatlari munosib taqdirlandi
22.
06. 2020
15:05
6121
News

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspektsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Omonov Shamsiddin Egamberdievich boshchiligida hududda brokanerlikka qarshi kurash bo‘yicha olib borgan reydlarining reytingining yuqoriligi hamda samarodorligi bo‘yicha yigirma million so‘m miqdorida mukofot puli bilan taqdirlandi.

Bir hafta muddatda 8 nafar inspektorlar Yakkabog‘ tumani hududida kuni tun to‘xtamasdan 30 kmlik masofada piyoda reyd o‘tkazdik deydi Omonov Shamsiddin. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, bir hafta muddatda o‘tkazilgan reyd davomida inspektorlar tomonidan turli xil holatlar aniqlanib har bir holatda noyob Qizil kitobga kiritilgan hayvonot va o‘simlik olamiga qiron keltirayotgan brokonerlik aniqlangan. 105 tup O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamayib ketayotgan Ulug‘vor lola / Tyulpan velikiy (Tulipa ingens T.M.Hoog) o‘simligini noqonuniy yulib-terib olganligi, 50 (ellik) dona O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Amudaryo gulbalig‘i (Amudarinskaya Forel)ni ovlaganligi, 2 bosh tog‘ echkisi ovlaganligi kabi holatlar aniqlangan.

Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi boshlig‘i Qurbonov Azizbek Abdimurodovich Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman Sanitariya-epidimologik osoyishtalik markazi ma’muriy binosi hududida jami 5 dona daraxt kesilishi holati yuzasidan Mirishkor tuman Sanitariya-epidimologik osoyishtalik markazi boshlig‘iga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi uchun uch million so‘m miqdorida mukofot puli bilan taqdirlandi.

Inspektorlarning fidokorona mehnati uchun mukofoot pullari to‘g‘rsidagi sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sultonmurod Chorievich Tashimov tomonidan topshirildi.


 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

Useful resources