Hisor davlat qo‘riqxona hududida serjilo sharsharalar mo‘l. Ulardan eng yirigi Suvtushar sharsharasidir.
U mamlakatimizdagi eng uzun sharshara hisoblanadi. Ayniqsa, ko‘klamda va yoz boshlarida Hisor tog‘ tizmasining 4 000 metr balandligidagi Osmontalash qorli qoyalaridan soniyasiga 5-6 kub metr suv otilib tushadi. Ayni shu maftunkor manzarani so‘z bilan ta’riflash esa mushkul: uni faqat ko‘rish kerak, zavqlanish kerak.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA
Manba: http://uza.uz/oz/photo/fotofakt-zbekistondagi-...
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati