Har yili 5 iyunda o‘tkaziladigan Atrof muhit kuni butun jahon jamiyati e’tiborini atrof muhitni muhofaza masalalariga jalb qilishdan iborat.
Mazkur bayram 1972 yil 5 iyunda Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Stokgolmda o‘tkazilgan konferentsiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi. 1974 yildan boshlab esa eng dolzarb ekologik masalalarni hal etish uchun hukumat, biznes-tuzilma hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan va birlashtirgan holda keng tashkil etib kelinadi.
2020 yilda kun mavzusi – chetga surib bo‘lmas, hayot uchun muhim hisoblangan – BIOLOGIK XILMA-XILLIK.
Mamalakatimiz bioxilma-xilligi boy bo‘lib, hozirgi kunda umumiy holda 12 772 turdagi o‘simlik dunyosi ob’ektlari bo‘lib, shundan - 4 374 dan ortiq yuksak o‘simliklar (15-mox, 2-xvosh, 19 paportnik, 18-ochiq urug‘li, 4 320-yopiq urug‘li), 2 102 dan ziyod zamburg‘ turlari va 2 548 turdan ortiq suv o‘tlari, 500 lishayniklar, 2 000 turdagi bakteriyalar, 822 tsianobakteriyalar va 300 viruslar mavjud.
Respublikamiz hayvonot dunyosining taxminiy soni 16 000 ga yaqin turni tashkil etadi. Shundan sut emizuvchilar - 97, yirtqichlar - 37, tuyoqlilar - 24, qushlar - 424, reptiliyalar - 59, ilonlar - 18 (shundan, zaxarlilar - 5), baliqlar - 83, umurtqasizlar - 12 670 turni tashkil etadi. Shundan, O‘zbekiston Qizil kitobiga kirgan turlar 184 turni tashkil etadi.
Xalqaro SITES Konventsiyasi ro‘yxatiga 11 tur sut emizuvchilar, qushlarni 59 turi, reptiliyalarni 4 turi, baliqlarni 4 turi, umurtqasizlarni 1 turi kiritilgan.
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati