Surxondaryo viloyati: qonunni mensimaslik jarimaga sabab bo‘ldi
20.
05. 2020
18:29
5851
Econadzor

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Sho‘rchi tumani inspektsiyasi tomonidan reydlar o‘tkazilib, unda chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan shaxslar «ushlanmoqda». Huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Sho‘rchi tuman inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd davomida «Laylakxona» mahallasida yashovchi fuqarolar B.S. va E.A. lar uyidan hosil bo‘lgan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.

Aziz yurtdoshlar! Sanitar tozalash xizmati xodimlari mehnatining qadriga yetaylik! Zero, ular qat’iy karantin vaqtida tibbiyot, ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari bilan bir qatorda tunu kun mehnat qilmoqdalar!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources