Oddiy qumdan ham beso‘roq foydalanib bo‘lmaydi...
13.
05. 2020
11:31
5982
Econadzor

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirida Amudaryoning Tuproqqal’a tumani «Sharlauq» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismi o‘zanidan fuqaro M.R. noqonuniy ravishda umumtarqalgan qazilma boyligi, ya’ni qum qazib olayotganda qo‘lga tushdi.

Fuqaro M.R.ga nisbatan O‘zR MJtKning 70/1 moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 million 690 ming so‘m jarima belgilandi.

Shuningdek, Urganch tumanida o‘tkazilgan reyd davomida Xonqa tumanida yashovchi fuqaro M.Masharipov o‘ziga tegishli T-28 rusumli 90AA980 davlat raqam belgili yuklagichli traktor yordamida qumni noqonuniy qazib olib, yuk transport vositalariga ortayotgani aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha fuqaro M.Masharipov O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan 2 million 230 ming so‘m ma’muriy jarimaga tortildi.
 


Manba: uza.uz

Useful resources