Navoiy viloyati: Hech qanday ekologik qonunbuzilish javobsiz qolmaydi!
01.
05. 2020
17:39
6146
Econadzor

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Navoiy shahar fuqarosi H.F. Navbahor tuman «Uch-tut» massivi hududidan o‘tuvchi Zarafshon daryosining muhofaza zonasida joylashgan baliqchilik havzasini qazish jarayonida hosil bo‘lgan qum-shag‘al aralashmasini sotish maqsadida to‘playotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-modda 1-qismi bilan 2 230 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima chorasi qo‘llanildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources