Surxon daryosi qirg‘og‘i chiqindilardan tozalandi
01.
05. 2020
15:32
6429
Econadzor

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Termiz shahar inspektsiyasi xodimlari tomonidan muntazam reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Reydlar davomida aniqlangan noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, yaqinda Termiz shahar inspektsiyasi xodimlari tomonidan Termiz shahridan oqib o‘tuvchi Surxon daryosining qirg‘oq bo‘yida qurilish va maishiy chiqindilardan iborat noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi.

Ushbu chiqindixona Termiz shahar inspektsiyasi, «Toza hudud» DUK shahar filiali ishchi-xodimlari tomonidan maxsus texnikalar jalb etilgan holda zudlik bilan bartaraf qilindi.

 

Aziz yurtdoshlar! Xalqimizda «qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan naql bor. Ana shu naqlga muvofiq chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashga odatlanaylik va bu borada farzandlarimizga o‘rnak bo‘laylik!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources